Moskvada o‘smirlar uchun “Sputnik V” vaksinasining tadqiqoti boshlanadi

Iyul oyida Moskvada o‘smirlar uchun “Sputnik V” vaksinasining tadqiqoti boshlanadi. Tadqiqotda 350 kishi qatnashadi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Gamaleya markazi 12-17 yoshdagi o‘smirlar uchun koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining klinik tadqiqotlarini boshlaydi. Bu haqda Moskva merining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakova ma’lum qildi.
Tadqiqot joriy yil iyulida boshlanadi va Moskvadagi ikkita tibbiyot muassasasida o‘tkaziladi. O‘smirlarga 18 yoshdan kattalar uchun qo‘llanilayotgan “Sputnik V” vaksinasi taklif qilinadi, lekin kam miqdorda, deya aniqlik kiritdi Rakova.
Ginsburg: “Sputnik V” koronavirusning barcha ma’lum shtammlaridan himoya qiladi
Tadqiqotda 350 kishi qatnashadi. Shulardan 100 nafari tadqiqotning birinchi va ikkinchi, 250 nafari esa uchinchi bosqich doirasida.
“Hozir tadqiqotning birinchi va ikkinchi bosqichida qatnashish uchun ko‘ngillarlarning dastlabki saralashini o‘tkazapmiz”, - dedi mer o‘rinbosari.
Tadqiqotning birinchi va ikkinchi bosqichi doirasida emlashdan oldin barcha o‘smirlar tibbiy ko‘rikdan o‘tib, koronavirusga PZR test topshiradi.