Hafta davomida qanday ob-havo kutilishi haqida ma’lumot berildi

O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan deyarli salqin havo kirib kelishi davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan deyarli salqin havo kirib kelishi davom etadi, bu esa kunduz kunlari havo harorati ko‘tarilishini oldini oladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Tekislik hududlarida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida keyingi ikki kun ichida (dushanba va seshanba) kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ushbu davr davomida havo harorati kechalari 16-21 daraja iliq, kunduz kunlari 30-35 daraja issiq, janubda 36-39 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Bu iyun oyi so‘nggi o‘n kunligining meyoriy harorat qiymatlariga yaqindir.
Respublika bo‘ylab ba’zi joylarda ayrim kunlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.