TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Tojikistonda Shanxay Hamkorlik tashkiloti mamlakatlari xavfsizlik kengashi kotiblarining 16-an’anaviy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston nashri.
Uchrashuvda RF XK kotibi Nikolay Patrushev ishtiroki kutilmoqda.
"ShHT Xavfsizlik kengashi kotiblari 22-23 iyun sanasiga rejalashtirilgan”, - deb aniqlik kiritgan RF XK.
Uchrashuvda qanday mavzular muhokama etiladi va tashrifning qolgan tafsilotlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar yo‘q.
ShHT – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston yetakchilari tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi hukumatlararo xalqaro tashkilotdir.
Joriy yilda tashkilotning 20-yillik yubileyi nishonlandi. Hozirda ShHTga raislik vakolati Tojikistonga o‘tgan.
Hozirda Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston ShHTda kuzatuvchi maqomiga, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka esa sherik-davlatlar maqomiga ega.