Shavkat Mirziyoyev Eronning yangi prezidentiga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston yetakchisi Ibrohim Raisiyga tabrik yo‘llab, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiyni Eron Islom Respublikasi prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“Davlatimiz rahbari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik do‘st O‘zbekiston va Eron xalqlarining manfaatlari yo‘lida yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Eronda 18-iyun kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda Eron Oliy sudi raisi Ibrohim Raisiyning qo‘li baland keldi. Uning nomzodini yoqlab, saylovchilarning qariyb 62 foizi ovoz berdi.