Armanistonda mamlakatdagi navbatdan tashqari parlament saylovlarida ovoz berish boshlandi. Erta tongdan Yerevan markazidagi saylov uchastkasida saylovchilar bisyor, deb xabar bermoqda Sputnik Armaniston muxbiri.
Respublika bo‘ylab 2008 ta saylov uchastkalari ochilgan. Saylovchilar ro‘yxatiga 2,5 milliondan ziyod kishi kiritilgan. Parlament saylovlarida 21 ta partiya va 4 ta blok qatnashmoqda. Jumladan, saylovlarda bosh vazir vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan, ikki nafar sobiq prezident Robert Kocharan va Levon Ter-Petrosan ham ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Armanistonda muddatidan avval parlament saylovlari Qorabog‘ urushidan keyin Pashinyan hukumati qarshi bo‘lib o‘tgan ommaviy noroziliklar ortidan tayinlangan edi.