Yaltani suv bosdi - favqulodda holat e’lon qilindi

Yalta administratsiyasi rahbari kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli shaharda favqulodda holat e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Yalta administratsiyasi rahbari kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli shaharda favqulodda holat e’lon qildi, shuningdek, u yordam uchun Qora dengiz floti qo‘mondoniga murojaat qildi.
Podtopleniya v Kerchi iz-za livney
"Yaltada favqulodda vaziyat e’lon qilindi. Darolar qirg‘oqlardan toshib ketdi, shaharning markaziy qismini suv bosdi. Aholi evakuatsiya qilinmoqda", - deyilgan xabarda.
Yaltada bugun ham yomg‘irlar davom etmoqda. Shunga o‘xshash vaziyat Simferopol, Sevastopol, Yevpatoriyada yuzaga kelgan. Qrim rahbari Sergey Aksenov ilgari Qrimda mintaqaviy miqyosda favqulodda vaziyatni joriy qilindi, oqibatlarni bartaraf etish uchun zaxira fondidan moliyaviy mablag‘lar ajratiladi.