TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi COVID-19'ga qarshi saqich shaklidagi preparat yaratishni boshladi. Bu haqda RIA Novostiga harbiy idoraga yaqin manba xabar berdi.
"48-Markaziy ilmiy-tadqiqot institutida" ishlar olib borilmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.
"Preparat foydali xususiyatlari bilan yangi koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi", - deydi agentlik suhbatdoshi.
Shuningdek, institut pastila shaklidagi koronavirusga qarshi saqich vaksinani yaratmoqda.
“Sinovlar tugagandan so‘ng, ushbu vaksina turli davolash sxemalariga kiritiladi va profilaktika preparatlarini qo‘llash mexanizmlariga qo‘shimcha sifatida ishlatiladi”, - deydi manba.
O‘tgan yili Mudofaa vazirligining 48-markaziy tadqiqot instituti Gamaleya milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi bilan birgalikda SARS-CoV-2 ga qarshi "Sputnik V" dan rekombinant preparat yaratdi.