TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiyaning Antaliya shahrida Pokiston TIV rahbari Shax Maxmud Kureyshi bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari hamda birgalikda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalar yordamida qo‘shni respublika iqtisodiyotini tiklash masalalariga alohida e’tibor berildi.
Shuningdek, TIV rahbarlari Toshkentda 15-16 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: hududiy aloqalar. Chaqiriq va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro anjumanda Pokistonning amaliy ishtiroki muhokama qilindi.
Undan tashqari, 2021-yilning 14-aprelida O‘zbekiston prezidenti shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xonning sammitida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirish masalalarining muhim ekanligi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Antaliyaga "Innovatsion diplomatiya: yangi era, yangi yondashuvlar" mavzusida bolib o‘tadigan diplomatik forumda ishtirok etish uchun kelgan.