TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. 1-sentabrdan boshlab barcha MDH davlatlari fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasiga kirish faqat " COVID-19’siz sayohat qil" ilovasi orqali amalga oshiriladi.
"Barcha mamlakatlar qo‘shilishga qat’iy tavsiya etildi", - dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk MDH Iqtisodiy Kengashi yig‘ilishida, deb xabar berdi @SputnikLive.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga YeOIIga kiruvchi davlatlardan kirish elektron tizimi, ya’ni 1-iyuldan boshlab ilova orqali amalga oshiriladi.
Ayni damda ilovadan Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya fuqarolari foydalanmoqda.