Afrikalik mehmonlar: Toshkent hayvonot bog‘iga noyob rangdagi sher bolalari keltirildi — video

Sher bolalarining ushbu turi tabiatda juda kam uchraydi va ular afrika sherlarining Panthera leo krugeri turiga kiradi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik, Ramiz Baxtiyarov. Toshkent hayvonot bog‘i Janubiy Afrikadan keltirilgan jonivorlar bilan boyidi.
Poytaxtga ikkita oq sher bolalari - sakkiz oylik Jonni va Jennilar keltirildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
"Oq sherlar – bu sherlarning alohida turi emas, balki "leykizm" sifatida ma’lum bo‘lgan mutatsiya natijasidir", - deya tushuntiradi hayvonot bog‘i vakili.
Ta’kidlanishicha, sherlarning ushbu turi juda noyob bo‘lib, faqatgina afrika sherlarining Panthera leo krugeri deb nomlangan transvaal turlari orasida uchraydi. Jonivorlar janubi-sharqiy Afrikada istiqomat qiladi.
Yorqin rangdagi bu sherlar uchun yovvoyi tabiatda omon qolish bir oz murakkabdir. Sababi, ko‘zga tashlanuvchan rangdagi teri bilan ov qilish ancha mushkul ish sanaladi. Bundan tashqari, ular boshqa yirtqichlar va brakonyerlar uchun ham oson o‘lja hisoblanadi. Butun dunyoda bunday rangli jonivorlar soni 300ga yaqin va ularning kattagina qismi hayvonot bog‘larida saqlanadi, deb xotima qiladi Toshkent hayvonot bog‘i matbuot-xizmati.