Toshkent shahrining ikki tumanida hokimlar o‘zgardi

Bektemir va Chilonzor tumanlarida yangi hokimlar ish boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Toshkent shahrining Bektemir va Chilonzor tumanlarida yangi hokimlar ish boshladi.
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining navbatdan tashqari o‘ttiz to‘qqinzinchi sessiyasida Tapil Mahamadziyayev tuman hokimligiga tasdiqlandi.
Xokim Bektemirskogo rayona Tashkenta Tapil Maxamadziyayev
Muhamadziyayev Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta’minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.
Tapil Mahamadziyayev 1976-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mavlyanov Chilonzor tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Xokim Chilanzarskogo rayona Shavkat Mavlyanov
Mavlyanov 2019-yildan hozirgi vaqtgacha Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
U 1978-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1999-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, 2012-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi oliy akademik kursini tamomlagan.