TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Markaziy harbiy okrug spesnaz bo‘linmasi harbiylari o‘zbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda mashq o‘tkazish uchun respublikaga kelishdi.
“Samara viloyatida joylashgan Markaziy harbiy okrug (SVO) spesnaz brigadasining harbiy xizmatchilari o‘zbekistonlik hamkasblari bilan qo‘shma mashq davomida tajriba almashishadi”, - deyilgan xabarda.
Rossiya harbiy xizmatchilari Harbiy transport aviatsiyasi Il-76 samolyotlarida Toshkentga kelishdi.
Mashqlar O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining Chimon tog‘ o‘quv markazida bo‘lib o‘tadi va kelasi hafta oxirigacha davom etadi.
Harbiy xizmatchilar tog‘li hududlarda tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tajriba almashadilar, taktik va maxsus o‘quv mashqlarini bajaradilar.
Tadbir xalqaro harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq o‘tkazilmoqda.