Qirg‘iziston deputatlari yoqalashishga sal qoldi - video

Qirg‘iziston ikki deputat o‘rtasidagi janjal parlamentning Agrar siyosat va suv resurslari qo‘mitasi yig‘ilishida yuz bo‘lgan. Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi raisi Ulug‘bek Maripov ham bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston parlamenti deputati Aqilbek Kemelov hamkasbi Nurbek Murashev bilan aytishib yoqalashishga oz qoldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.
Yig‘ilishda deputat Kemelov mamlakat bosh vaziri Ulug‘bek Maripovga murojaat qilayotgan vaqtda ikkinchi deputat - Murashev undan reglamentga rioya qilib, qisqa gapirishni so‘radi.
Janjalni boshqa deputatlar to‘xtatib qolishdi.