Patent, RVP va VNJ: muhim o‘zgarishlar kutilmoqda

Rossiya Davlat Dumasi yangi federal qonun loyihasini ma’qulladi.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi "Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida" federal qonun va "Rossiya Federatsiyasida davlat barmoq izlarini ro‘yxatdan o‘tkazish (daktiloskopiya) to‘g‘risida" federal qonunga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qonun loyihasini ma’qulladi.
Putin farmoni migrantlar uchun haqiqiy amnistiya bo‘ldi – Kojenov
Hujjatga ko‘ra, migrantlarga patent elektron karta shaklida beriladi.
Kartada foto, barmoq izlari, fuqaroning familiyasi, ismi, sharifi, tug‘ilgan joyi, jinsi, fuqaroligi, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar qayd etiladi.
Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tgan migrantlarga patent 5 ish kuni ichida beriladi.
Patentni “Gosuslugi” portali orqali rasmiylashtirish mumkin.
Rossiya IIV migrantlar to‘g‘risida farmon yuzasidan sharh berdi
Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi, Moldova Respublikasi va Ukraina fuqarolari kvotani hisobga olmasdan vaqtinchalik yashash ruxsatnoma (RVP) olishlari mumkin.
Yashash guvohnomasi (VNJ) ham biometrik ma’lumotlarni saqlash uchun elektron ma’lumot tashuvchi karta shaklida beriladi. Elektron karta 10-yil davomida amal qiladi.
Rossiya fuqaroligiga qabul qilinayotgan shaxslar daktiloskopiya ro‘yxatidan o‘tadi.
Endi qonun loyihasi avval Federatsiya Kengashi, keyin RF prezidenti maqullanishi kerak. Qonun rasmiy e’lon qilingandan so‘ng kuchga kiradi.