Moskvada xorijiy “prava”ga ega haydovchilardan voz kechilmoqda

Moskvada 1-avgustdan taksi ishini tahlil qiladigan tizim ishga tushadi. Har bir haydovchiga nodir ID beriladi
Sputnik
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Moskvadagi taksi agregatorlari xorijiy haydovchilik guvohnomasiga ega va yetarlicha tajribaga ega bo‘lmagan haydovchilarni xizmatga ulamasliklari kerak. Bu haqda Moskva shahar transport boshqarmasi ma’lum qildi.
“Tashuvchi qoidabuzarlar jarimaga tortiladi, agregatorlarga qonunbuzarlikni keltirib chiqargan sabab va sharoitlarni bartaraf etish talabi bilan maktub yo‘llandi. Qoidabuzarliklar bartaraf etilmasa, prokuraturaga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz”, - deyilgan murojaatda.
Poytaxt hukumati taksida faqat Rossiya yoki Qirg‘iziston haydovchilik guvohnomalari hamda rus tili rasmiy sifatida ishlatidigan mamlakatlar “prava”lari bilan ishlash mumkinligini eslatgan. Bundan tashqari, haydovchi kamida uch yillik tajribaga ega bo‘lishi kerak.
Jarimalarni to‘lamagan xorijiy yuk avtomobillari chegaradan chiqarilmaydi
Aniqlik kiritilishicha, yil davomida yetarlicha tajribaga ega bo‘lmagan xorijlik haydovchilar taksi xizmati ko‘rsatish bo‘yicha ruxsat olgan 1,7 mingdan ortiq holat aniqlangan.
Xabarda Moskvada 1-avgustdan taksi ishini tahlil qiladigan tizim ishga tushish qo‘shimcha qilingan. Har bir haydovchiga nodir ID beriladi. Bu noqonuniy yo‘lovchi tashuvchilarga buyurtma berishini cheklashi kutilmoqda.