Kamilov AQSh elchisi bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Favqulodda va Muxtor Elchisi Deniyel Rozenblyumni qabul qildi.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Favqulodda va Muxtor Elchisi Deniyel Rozenblyumni qabul qildi.
Vladimir Putinning Jo Bayden bilan sammitdan keyingi muhim bayonotlari
Suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-AQSh hamkorligini yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari, bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali va tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha ham fikr almashildi.