Xusnullin: Rossiya qurilish kompaniyalari migrantlarni koronavirusga qarshi emlashga tayyor

Rossiya qurilish kompaniyalari ishchilarni emlashni tashkillashtirish va moliyalashtirishga qiziqish bildirishgan.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Rossiya qurilish kompaniyalari migrantlar uchun COVID-19 ga qarshi emlanish tadbirlarini tashkil etishga tayyor. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Amaldor hukumat barcha ishchilarni koronavirusga qarshi vaksina bilan ta’minlash vazifasini qo‘ymoqda.
Xusnullin Rossiya mamlakatga ishlash uchun kelayotgan hamma migrantlarni emlashga tayyorligini qo‘shimcha qildi. Shuningdek, u qurilish kompaniyalari ishchilarni emlashni tashkillashtirish va moliyalashtirishga qiziqish bildirishganini aytdi.
“Ishchilarning o‘zi, masalan, Belarus, O‘zbekiston, Tojikistondan kelayotganlar, ham bu yerda ishlash va maosh olishdan manfaatdor. Shartimiz emlanish bo‘lsa, umid qilamanki, ular shartimizni qabul qilishadi”, - dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya migrantlarni olib kelishni soddalashtirish va ularni majburiy emlashni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.
Putin mehnat migrantlarini pullik emlash tizimini yaratish haqida topshiriq berdi