TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Toshkentda bedarak yo‘qolgan Umar O‘rmonov qidirilmoqda, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, 2008-yilda tug‘ilgan O‘rmonov Umar ibn Roziyalloxu Usmon o‘g‘li 3-iyun kuni soat taxminan 21.30larda Chilonzor tumani 19-mavzeda joylashgan yashash joyidan chiqib, noma’lum tomonga harakatlanib ketib qaytib kelmagan.
Belgilari: bo‘yi 160-165 sm, ozg‘indan kelgan, yuzi biroz cho‘zinchoq, ko‘zlari qora dumaloq, sochlari qora.
Aloxida belgilari: yuzining chap sohasida xoli bor, chap qoshining pastki qismida chandig‘i bor.
Egnida: oq rangli futbolka, qora rangli shortik va oyog‘ida oq rangli shippak bo‘lgan.
“Agar siz O‘rmonov Umar haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.