TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 15-iyun kuni "Rossiya Federatsiyasining fuqaroligiga qabul qilish va Rossiya fuqaroligidan chiqish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
Hujjat huquqiy axborot rasmiy internet portalida joylashtirildi.
Unga ko‘ra, 48 nafar kishi Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilindi, ular orasida O‘zbekiston hududida tug‘ilgan 4 nafar kishiga Rossiya fuqaroligi berildi.
Shuningdek, Afg‘oniston, Armaniston, Belarus, Vyetnam, Germaniya, Gruziya, Misr, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Polshada tug‘ilgan fuqarolar Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi.