TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan yuksalishni boshdan kechirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Minnixanov 16-17 iyun kunlari O‘zbekistonda ishchi tashrifi bilan bo‘lib turibdi.
“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar hozir misli ko‘rilmagan yuksalishni boshdan kechirmoqda. Tatariston Respublikasi Sizning rahbarligingiz ostida Rossiya Federatsiyasining eng muvaffaqiyatli hududlaridan biridir. Ishonchim komilki, bu tashrif munosabatlarimizni yanada chuqurlashtirishga imkon beradi”, - dedi Aripov.
Tatariston yetakchisi respublika O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikni faol rivojlantirayotganini ta’kidladi. Joriy yil aprelida Toshkent shahri va viloyati hokimlari, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Rossiya mintaqasiga tashrif buyurgandi. Minnixanovning so‘zlariga ko‘ra, bu hududlar rivojlanining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashishga imkon bergan.
“Delegatsiyalarning aynan shunday o‘zaro tashrifi yangi tajriba orttirish va ish munosabatlarini yo‘l qo‘yishga imkon beradi”, - deb qo‘shimcha qildi u.
Minnixanovning O‘zbekistonga tashrifi dasturidan biznes forumda ishtirok etish, ishbilarmonlar va respublikada istiqomat qilayotgan tatar diasporasi bilan uchrashish, TEXNOPARK MChJga tashrif buyurish kabilar o‘rin olgan.