Kovidning Hindistonda paydo bo‘lgan delta-varianti alomatlari

Bugungacha 74 mamlakatiga tarqab ulgurgan “delta-variant” oddiy kovidga nisbatan yuqumliroq va vaksinalarga chidamliroq hisoblanadi.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyun – Sputnik. Bugungi kunda dunyo olimlari koronavirusning dastlab Hindistonda paydo bo‘lgan “delta-varianti” haqida qator ma’lumotlar jamlashdi.
Xususan, delta-variantning asosiy va eng ko‘p uchraydigan alomatlari quyidagilar deb aytilmoqda:
bosh og‘rig‘i
tomoq og‘rig‘i
kuchli tumov
Olimlarning ogohlantirmoqda: ushbu yangi alomatlar kovid kasalligi uchun odatiy bo‘lgan boshqa, yo‘tal, isitma, hid va ta’m sezishni yo‘qotish kabi belgilar bilan birgalikda ko‘rib chiqilishi kerak.
Dastlab Hindistonda ro‘yxatdan o‘tgan Delta-variant, bugungi kunga kelib 74 mamlakatda qayd etilgan. Delta variant oddiy koronavirusga nisbatan yuqumliroq va vaksinalarga chidamliroq hisoblanadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 15-iyun holatiga dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni - 175,9 mln. kishini, vafot etganlar esa - 3,8 mln kishini tashkil qilmoqda.