Xitoylik ayol eng uzun kipriklar rekordini yangiladi – video

Xitoylik ayol Yu Szansya besh yil oldin o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangiladi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Xitoylik ayol Yu Szansya besh yil oldin o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangiladi.
Ginness rekordlar kitobi veb-saytiga ko‘ra, uning kipriklari uzunligi 20 santimetrdan oshadi.
Ayol o‘zidagi bu g‘ayrioddiy xususiyatni 2015-yilda sezib qolib, shifokorlarga murojaat qiladi. Ammo ular hozircha buning sababini topa olmadilar.
Ginness rekordlar kitobi xitoylik ayol eng uzun kipriklar sohibasi sifatida ikki marta qayd etgan: 2016-yilda 12 santimetrdan oshgan, 2021-yilda esa 20,5 santimetrga yetgan.