TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq, Vahobjon Rajabov Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kunga qadar Vahobjon Rajabov Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Shu bilan birga u Namangan viloyati xalq ta’limi tizimida turli boshqaruv lavozimlarida faoliyat olib borgan. Jumladan, davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Tashxis markazi rahbari, Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Rajabov 1971-yilda Namangan viloyati, Pop tumanida tavallud topgan. Namangan davlat universitetida tarix-huquq fani o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. U “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.