“Uzbekistan Airways” samolyotlari yana “Domodedovo” aeroportiga qo‘na boshladi

Toshkent-Moskva yo‘nalishida uchgan samolyot Moskva aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ngan.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Bugun, 15-iyun kuni “Uzbekistan Airways” AJ “Domodedovo” aeroportiga 2021-yildagi ilk reysini amalga oshirdi.
Toshkent-Moskva yo‘nalishida uchgan samolyot Moskva aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ngan.
Uzbekistan Airways 15-iyundan boshlab Domodedovo aeroportidan parvozlarni qayta tiklaydi
Kompaniya Moskva shahridagi aeroport o‘zgartirganligi munosabati bilan yo‘lovchilarga avval xarid qilingan aviachiptalar jarimasiz qaytarish imkoniyati berilishini eslatgan.
Eslatib o‘tamiz, aviakompaniya vakili Sputnik bilan suhbatda reyslarni “Vnukovo”dan “Domodedovo”ga ko‘chirish yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish va xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash bilan bog‘liq ekanini ma’lum qilgan edi.