Qashqadaryodagi eng baland cho‘qqiga O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatildi

Zarafshon tog‘ tizmasiga oid “Hazrati Sulton” cho‘qqisining balandligi 4643 metrni tashkil qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. Qashqadaryo viloyati hududidagi eng baland “Hazrati Sulton” cho‘qqisiga O‘zbekiston va Yoshlar festivali bayroqlari o‘rnatildi. Bu haqida viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ushbu tadbir Shahrisabzda 13-15 iyun kunlari “Biz Amir Temur avlodlari, unga izdosh bo‘lamiz!” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” yoshlar festivali doirasida amalga oshirildi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Zarafshon tog‘ tizmasiga oid “Hazrati Sulton” cho‘qqisining balandligi 4643 metrni tashkil qiladi. (ayrim manbalarda 4030m).
V ramkax Festivalya molodeji ustanovili flag Uzbekistana