O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma komissiyasi majlisi 22-iyunda bo‘lib o‘tadi

Qo‘shma komissiya uchrashuvida kutilayotgan Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashuvi - bosh mavzu bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Moskvada 22-iyun kuni bosh vazirlar darajasidagi O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov ma’lum qildi.
Diplomat xabar qilishiga ko‘ra, ushbu uchrashuvda muhokama qilinadigan bosh mavzulardan biri –kutilayotgan O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari uchrashuviga tayyorgarlik masalasi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, dastlab Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashuvi 2020-yilga mo‘ljallangan edi. Lekin koronavirus pandemiyasi tufayli ushbu uchrashuv sanasini o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi. Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilishga ko‘ra, oliy darajadagi uchrashuv 2021-yilda bo‘lib o‘tadi.