AstraZeneca vaksinasining yangi partiyasi avgustda olib kelinadi – YuNISEF

Iyul oyining oxiriga qadar, AstraZeneca vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish va logistik muammolari hal qilinishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. AstraZeneca vaksinasining yangi partiyasi O‘zbkistonga avgust oyida olib kelinadi, dedi RIA Novostiga YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. Avgustda O‘zbekistonga 660 ming doza vaksina olib kelinadi.
O‘zbekistonga Shvetsiyada ishlab chiqarilgan vaksina olib kelinishi tufayli, uni ro‘yxatdan o‘tkazish kerak bo‘ladi, iyul oyiing oxiriga qadar vaksina bilan bog‘liq barcha logistik va ro‘yxatdan o‘tkazish muammolari hal qilinishi kerak, - dedi YuNISEF vakili Munir Mamedzade.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati COVAX dasturi orqali jami 2,256 doza AstraZeneca vaksinasi buyurtma bergan edi. May oyining oxiriga qadar O‘zbekistonga yana 1,596 milliona doza AstraZeneca vaksinasi olib kelinishi rejalashtirilga edi. Lekin ushbu vaksina ishlab chiqariladigan davlat - Hindistonda epidemiologgik vaziyat og‘ir bo‘lgani sababli vaksinaning yangi partiyasini olib kelish iyun oyiga qadar kechiktirilgan edi.