TOShKENT, 14-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu hafta oxirida Andijonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
"17-18 iyun kunlari Prezidentimizning Andijon viloyatiga safari rejalashtirilmoqda
Shuningdek, 15-iyun kuni Prezidentimiz Birlashgan Arab Amirliklari hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri Al-Gergavi va 16-iyun kuni esa Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlari mo‘ljallangan", - deyilgan xabarda.
Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev ushbu hafta davomida saqlash sohasiga oid masalalar va takliflar hamda Toshket viloyatining Tatariston bilan hamkorligi yuzasidan taqdimotlar bilan tanishishni, oliy ta’lim sohasidagi islohotlar va joriy yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik bo‘yicha videoselektor o‘tkazishni rejalashtirgan.