Bu yil ham Haj safari uchun xorijlik ziyoratchilar qabul qilinmaydi

Bu yil Saudiya Arabistonida yashayotgan 60 ming kishigina Haj ziyoratini amalga oshirishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Bu yilgi Haj-2021 mavsumi koronavirus pandemiyasi sababli faqat Saudiya Arabistoni Podshohligi aholisi va ushbu mamlakatda muqim yashab kelayotgan fuqarolar uchun tashkil etiladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, bu yilgi Haj mavsumida xorijiy mamlakatlardan ziyoratchilar qabul qilinmaydi.
Ta’kidlanishicha, podshohlikdagi ko‘pi bilan 60 ming kishi haj ziyoratini amalga oshirishi mumkin.
Haj mavsumi boshlangani yo‘q - Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rasmiy bayonoti
Islomning muqaddas ziyoratgohlariga 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan, surunkali kasalliklarga chalinmagan va koronavirusga qarshi to‘liq emlangan musulmonlargina tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi.
Bu yil Haj ziyorati 17—22 iyul kunlari amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, pandemiya sabab o‘tgan yil ham xorijliklarga Haj ziyoratiga kelishga ruxsat berilmagan edi.