TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida ayol o‘z o‘g‘lini kaltaklab, tilanchilik qilishga majburlab kelgani aytilgan video tarqaldi.
Videoda bola ko‘chada tilanchilik qilishga uning onasi majburlashini aytadi. Bolaning tanasida, yuzida jarohatlari borligi, xususan, qo‘li tosh bilan urilgani, qizigan dazmol bosilgani aytilgan va jarohatlangan joylari ko‘rsatilgan.
Andijonda ona o‘g‘lini kaltaklab, tilanchilik qilishga majburlab kelgani aytilmoqda
Bosh prokuratura matbuot xizmati voqeaga munosabat bildirib, ushbu holatni Andijon viloyati prokuraturasi o‘rganayotganini ma’lum qildi.