TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. 11-iyun kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida afg‘on tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Ushbu insonparvarlik yordami pandemiyaning uchinchi to‘lqiniga duch kelgan qardosh Afg‘oniston hukumatining murojaatiga binoan amalga oshirildi”, - deyilgan xabarda.
Marosimda so‘zga chiqqan Afg‘oniston vakillari O‘zbekiston prezidentiga ko‘rsatayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rligi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Ayniqsa, prezident Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston hukumatining favqulodda gumanitar yordam ko‘rsatish haqidagi iltimosiga javob bergan birinchi rahbar bo‘lganini alohida qayd etdilar.
Uzbekistan peredal Afganistanu 1000 kislorodnix ballonov.
© Press-slujba MID
Balx viloyati gubernatori Farhod Azimiy O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam Afg‘oniston xalqiga chinakam birodarlik munosabatining yorqin namunasi ekanligini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev o‘z nutqida oziq-ovqat va dori-darmonlar Afg‘onistonga pandemiyaga qaramay uzluksiz ravishda O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi orqali yetkazib berilayotganligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil yanvar oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy ko‘magi ostida afg‘onistonlik shifokorlarning O‘zbekistondagi klinikalarda pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mamlakatimiz tajribasi bilan tanishishlari uchun o‘quvlar tashkil etilgan edi.