TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Nukus shahrida o‘tkazilgan festivaldan so‘ng sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv yuzasidan munosabat bildirdi.
Avvalroq Nukusda o‘tkazilgan festivaldan so‘ng ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu janjalning videotasvirlari keng tarqalgan edi.
Qayd etilishicha, Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergovga qadar surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.
“Tekshiruv jarayonida janjalda qatnashgan har bir ishtirokchining shaxsi aniqlanib, ularning harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi”, - deyilgan xabarda.