Markaziy bank o‘ndan ziyod banklarga jarima sanksiyalarini qo‘lladi

Sputnik
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Markaziy bank hududlardagi 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.
Jarima banklarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish, plastik kartalari mavjud fuqarolarda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish natijalariga qo‘llanilgan.
Xususan, tijorat banklarining Andijon, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida faoliyat yuritayotgan muassasalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Markaziy bank fuqarolarni firibgarlardan ogohlikka chaqirdi
Mazkur hududlarda ayrim bank muassasalarida mijozlarga bank kartalari orqali xizmat ko‘rsatilishida qoidabuzarlik holatlari aniqlandi va bunga yo‘l qo‘ygan tijorat banklariga nisbatan (“Xalq banki”, “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Ipak yo‘li banki”, “Ipoteka-bank”, “Qishloq qurilishbank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Savdogarbank”, “Infinbank”, “Hamkorbank”, “Milliy bank”, “Aloqabank” va “Turonbank”) belgilangan tartibda jazolangan.