TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Toshkentda professional boks kechasi tashkil etildi. Kechaning asosiy jangi Shohjahon Ergashev va tanzaniyalik Salimu Jengo o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik bokschi birinchi raundda kuchli zarbalari bilan raqibini muvozanatni yo‘qotishiga erishdi. Hakam hisobni ochdi va darhol texnik nokautni qayd etdi.
Shundan so‘ng tortishuv yuzaga keldi. Har ikkala bokschi jangni davom ettirishga tayyorligini bildirdi va buni hakamdan talab qilishdi.
Biroq hakam o‘z qarorini o‘zgartirmadi va natijada Shohjahon Ergashev texnik nokaut bilan g‘alabasini nishonladi.
Jangdan so‘ng Shohjahon instagramdagi sahifasida hakamning qaroridan rozi emasligi haqida yozdi.
Shuningdek, ushbu kechada o‘zbekistonlik bokschilar Ulug‘bek Haqberdiyev, Jamshidbek Najmiddinov, Botirjon Zokirov va Asrorbek Rahimov reyting janglarini muvaffaqiyatli o‘tkazishdi.