O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlarining qo‘shma bayonoti - to‘liq matn

Shavkat Mirziyoyevning 10-11 iyun kunlari Tojikistonga bo‘lib o‘tayotgan rasmiy tashrifi doirasida 26 punktdan iborat ikki davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifining birinchi kunida ikki prezident tomonidan imzolangan qo‘shma bayonot e’lon qilindi.
O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari, ikki respublika mustaqilligining 30-yilligi arafasida, strategik hamkorlikni davom ettirgan holda qo‘yidagilar haqida kelishib olishdi:
1. Ikki birodar xalqning ko‘p asrli tarixiy va ruhiy rishtalariga asoslangan o‘zbek-tojik munosabatlari yuqori darajali o‘zaro ishonch, haqiqiy do‘stlik va o‘zaro yordamga tayyorlik xususiyatlari bilan ajralib turadi.
2. O‘zbekiston va Tojikiston davlat rahbarlari darajasida olib borilayotgan doimiy dialog va faol siyosiy aralashuv ikki tomonlama munosabatlar chuqurlashishiga o‘ztining sezilarli hissasini qo‘shadi.Ushbu ma’noda O‘zbekiston prezidentining 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tayotgan tashrifi – ikki tomonlama munosabatlar, ko‘p qirrali hamkorlikni va strategik hamkorlikni mustahkamlashda o‘ta muhim ahamiyatga ega.
3. Muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgan o‘zbek-tojik munosabatlari Markaziy Osiyo hududida yangi hamkorlik muhiti yaratilishiga xizmat qiladi. Shu sababli hududdagi davlatlar rahbarlarining Konsultativ uchrashuvlari hamda turli darajadagi tashqi siyosiy uchrashuvlarini davom ettirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tomonlar 2021-yilda o‘zaro kelishilgan vaqt va joyda Markaziy Osiyo davlat rahbarlari uchrashuvini o‘tkazish muhim ekanini qayd etishdi.
4. Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish o‘zaro manfaatli bo‘lgan o‘zbek-tojik hamkorligining ajralmas bo‘lagi hisoblanadi.
Tomonlar ikki davlat parlamentlarining do‘stlik guruhlari hamda xalqaro parlamentlararo tashkilotlar doirasida “parlament diplomatiyasi” mexanizmini kengaytirishga harakat qilishadi.
5. Savdo–iqtisodiy sohada hamkorlik qilish ko‘p qirrali o‘zbek-tojik munosabatlarining eng muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari rahbarligi ostida tashkil qilingan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya – iqtisodiy hamkorlikning samarali mexanizmidir.
Hukumatlararo komissiyaning so‘nggi yillardagi samarali faoliyati savdo va investitsion sohalarda munosabatlarning izchil faollashuviga olib keldi.
Tomonlar ikki tomonlama savdo hajmi sezilarli darajada o‘sgani, ishlab chiqarishning turli sohalarida kooperatsion aloqalar chuqurlashgani va ikki davlat iqtisodining mavjud zahiralari ishga tushirilganini qayd etishdi.
6. Davlat rahbarlari o‘zaro savdoda qulay sharoitlar yaratish va mavjud to‘siqlarni olib tashlash va uning tarkibini kelajakda ham diiversifikatsiya qilish masalalari muhim vazifa bo‘lib qolayotganini qayd etishdi.
Bu borada tomonlar manfaatdor kompaniyalar orasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va kelgusi yilda o‘zaro savdo miqdorini 2 baravar oshirishga kelishib olishdi.
7. Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston orasida sanoat kooperatsiyasi sohasida katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etishdi.
Mahalliy xom-ashyoni qayta ishlashga, eksportga moslashtirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxonalar tashkil qilish haqida kelishuvga erishildi.
Bu borada Tomonlar yangi tashkil etilgan, ustav kapitali 50 million dollar bo‘lgan sanoat kooperatsiyasi sohasida loyihalar yaratish va ularni targ‘ib qilishga ixtisoslashgan o‘zbek-tojik Investitsion kompaniyasi muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etishdi.
8. O‘zbekiston va Tojkiston orasida hududlararo aloqalarni chuqurlashtirishda davom etish muhim ahamiyatga ega.
Prezidentlar 2021-yilning 9-iyun kuni Xatlon viloyatida bo‘lib o‘tgan birinchi Hududlararo investitsion forumni yuqori baholashdi.
Hududlararo tashabbuslarni davom ettirish, o‘zaro biznes-missiyalar o‘tkazish va qardoshlik aloqalari o‘rnatish muhim ekani qayd etildi.
9. Prezidentlar transport va transport kommunikatsiyalar sohalarida o‘zbek-tojik munosabatlari strategik ahamiyatga ega ekanini va ularni rivojlantirish ikki davlat manfaatlariga javob berishini qayd etishdi.
Tomonlar kelajakda ham Markaziy Osiyoni hududda samarali tranzit koridoriga aylantirish bo‘yicha harakatlarni davom ettirishga kelishib olishdi.
Ikki davlat shaharlari orasida avtobus, temiryo‘l va aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston va Tojikiston orasida yuk, yo‘lovchi va sayyohlar oqiminig oshishiga olib kelishi qayd etildi.
10. Davlat rahbarlari 2018-yilning 9-mart kuni Dushanbeda imzolangan o‘zbek-tojik chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risdagi shartnomaning imzolanishi tarixiy ahamiyatga ega deb qayd etishdi.
Davlat chegaralarini demarkatsiya qilish borasida konstruktiv dialogni davom ettirish muhim ahamiyatga ega.
11. O‘zbekisto va Tojikiston Markaziy Osiyo suv va energetika boyliklarini o‘zaro manfaatli asosda foydalanish tarafdori bo‘lishdi. Ushbu maqsadda uzoq muddatli samarali hamkorlik mexanizmlari ishlab chiqiladi.
Tomonlar Tojikiston Respublikasida gidroenergetika loyihalarida birgalikda ishtirok etishga kelishib olishdi.
12. Koronavirus pandemiyasi vaqtida amalga oshirilgan o‘zbek-tojik hamkorligi o‘zaro do‘stlik va qo‘llab-quvvatlashning yuqori prinsiplarini namoyish etdi.
Tojikiston prezidenti O‘zbekiston prezidentiga 2020-yilda o‘z vaqtida tibbiy buyumlar, aspob-uskuna va mobil tibbiy muassasa ko‘rinishida yetkazib berilgan insonparvarlik yordami uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
13. Pandemiya tufayli sodir bo‘lgan krizis oqibatlarini samarali yengish uchun sog‘liqni saqlash va sanitar-epidemiologik barqarorlik sohasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bu borada, infeksion kasalliklarni diagnostika qilish, profilaktika va davolash sohalarida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarni davom ettirish muhim ahamiyatga ega.
14. Iqlim o‘zgarishi tufayli sodir bo‘layotgan jarayonlarni hisobga olib, Tomonlar ushbu global hodisa ta’sirini yumshatish, tabiiy va texnogen ofatlarning oldini olish va oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish choralarini ishlab chiqish uchun ikki davlat taaluqli sohalari orasida yanada yaqinroq munosabatlar o‘rnatish kerakligini qayd etishdi.
O‘zbekiston prezidenti Tojikiston rahbariga 2020-yilda Sardoba suv omborida sodir tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilishda ko‘rsatgan gumanitar yordami va qurilish materiallari yetkazib bergani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
15. O‘zbekiston va Tojikiston tomonidan bir-birining hududida ijtimoiy obyektlar qurilishi - ikki davlat orasidagi do‘stlikning yorqin timsoli bo‘ldi.
Prezidentlar 2021-yilning 10-iyunida Samarqand viloyati Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi tomonidan qurilgan maktabni hamda O‘zbekiston tomonidan Xatlon viloyatining Kobodiyon tumanida qurilgan shifoxona ishga tushirilishini olqishlashdi.
16. O‘zbek va tojik xalqari madaniyati va urf-odatlari yaqinligini inobatga olib, madaniy gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish o‘ta muhim ahamiyatga ega.
Ikki davlat hukumatlari o‘zbek va tojik tillarida kitoblar va davriy nashrlar chop etish uchun sharot yaratishda davom etishadi.
Tomonlar OAVlar, ilmiy muassasalar, do‘stlik jamiyatlari, badiiy va teatr jamoalari orasida madaniyat, ta’lim, fan, sport, turizm hamda do‘stona almashuv munosabatlarini davom ettiradi.
17. Tomonlar genderlar tengligini, ayollar huquqlarini kengaytirish, jamiyatda inson potensialini rivojlantirish tarafdori ekanliklarini qayd etishdi.
18. Hududiy xavfsizlik masalalarida hamkorlikni mustahkamlash – o‘ta muhim ahamiyatga ega. Xalqaro terrorchilik, ekstremizm, diniy radikallik, narkotilar noqonuniy aylanishi transnatsional jinoyatchilik va kiberjinoyatchilik xavflari yuqori darajada qolmoqda. Maxsus xizmatlar, huquqni saqlash organlari va boshqa muassasalar orasida hamkorlik davom etadi.
19. O‘zbek va tojik xalqlari qardosh afg‘on xalqining yaxshi qo‘shnisidir. Shu sababli xalqaro hamjamiyat tomonidan ushbu hududda xavfsizlikni ta’minlash, tinchlik o‘rnatish va respublikaning iqtisodiy qayta tug‘ilish uchun choralar ko‘rilishi, jumladan 2021-yil davomida xalqaro koalitsiya qo‘shinlarini olib chiqish – muhim ahamiyatga ega.
Tojikiston prezidenti O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarini olqishlaydi.
Tojikiston tomoni O‘zbekiston prezidentining BMT BAning 75-sessiyasida Afg‘onistn bo‘yicha doimiy qo‘mita tashkil qilish tashabbusini yuqori baholaydi va qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘zbekiston prezidenti 2021-yilning 29-30 mart kunlari Dushanbeda o‘tkazilgan “Osiyo Yuragi– Istanbul jarayoni”, 2021-yil 13-14 iyul kunlari Dushanbeda tashqi ishlar vazirlari darajasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan “ShHT-Afg‘oniston” uchrashuvini yuqori baholaydi.
20. Davlat rahbarlari BMTning universal xalqaro tuzilma va davlatlararo munosabatlarni hal qilish maydonchasi sifatida tutgan o‘rnini mustahkamlanishi tarafdori.
O‘zbekistn tomoni Tojikistonning global suv tashabbuslariga yuqori baho beradi. Shuningdek 2020-yilning 21-dekabrida qabul qilingan BMT rezolyutsiyasiga ham.
O‘zbekiston prezidenti Tojikiston prezidetnining 2025-yilni “Xalqaro muzliklarni saqlab qolish yili” deb atash tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘zbekiston va Tojikistonning “Orolni qutqaruv fondi” doirasidagi hamkorligi ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu maydon ijtimoiy-iqtisodiy, suv xo‘jaligi va ekologik muammolarni hal qilishda alohida ahamiyatga egadir.
O‘zbekiston kelajakda ham ushbu Fondda Tojikistonning raisligini saqlab qolish tarafdori.
Tojikiston prezidenti O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasida qabul qilingan Orolbo‘yi hududini ekologik innovatsiyalar va texnologiyala hududi deb e’lon qilish tashabbusini ma’qullaydi.
Ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xalqaro innovatsiyalar markazi va BMT qaramog‘i ostidagi Ko‘phamkorli trast fondi hududda ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishiga olib kelishiga ishonch bildirishdi.
21. Tomonlar BMT, ShHT, MDH, Islom hamkorligi tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti YeHXT,Osiyoda ishonch va hamkorlik kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni davom ettirishga ishonch bildirishdi.
Tojikiston prezidenti 2025-2027 yillarda BMTning Iqtisodiy kengashi, va 2025-2028 yillarda BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashiga O‘zbekiston nomzodligini qo‘llab quvvatlashga ishonch bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Tojikiston nomzodini BMT Xavfsizlik kengashiga 2028-2029 yillarda qo‘llab quvvatlashiga ishonch bildirdi.
22. Tojikiston prezidenti O‘zbekistonning 2020-yilda MDHda raislik faoliyatiga yuqori baho berdi.
23. O‘zbekiston prezidenti ShHTda 2020-2021 yillarda Tojikiston raisligini qo‘llab quvvatladi.
24. Tojikiston 2021-yilning iyul oyida Toshkentda “Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo: hududiy aloqalar. Chaqiriqlar va imkoniyatlar” xaqlaro anjumani o‘tkazishni qo‘llab-quvvatladi va unda Tojikiston delegatsiyasi ishtirokini tasdiqladi.
25. Davlat rahbarlari O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga tashrifini yuqori baholashdi va bo‘lib o‘tgan muzokaralar va imzolangan hujjatlar ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga yangi turtki berishiga ishonch bildirishdi.
26. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga ko‘rstilgan mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston rahbari Tojikiston prezidetnini javob tashrifi bilan O‘zbekistonga taklif qildi. Taklif qabul qilindi. Tashrif sanasi diplomatik kanallar orqali muvofiqlashtiriladi.