O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining 70 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi

Tunda Rossiyadan "Sputnik V" vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining 70 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Bugun tunda yurtimizga Rossiyadan "Sputnik V" vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 1-iyun kuni "Sputnik V" vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti keltirilgan edi.
O‘zbekistonda necha kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi
Aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).