O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshonda ikkita GES quradi

O‘zbekiston va Tojikiston yengil sanoat, oziq-ovqat xavfsizli va rangli metallar sohasida hamkorlik qilib olishga kelishib olishdi.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyun - Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon darosi o‘zanida ikkita gidroelektrostansiya quradi, deb xabar qilmoqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.
Quvvati 320 megavatt bo‘lgan ikkita GES qurish haqidagi dastlabki , kelishuvga bundan ikki yil oldin, Toshkentda erishilgan edi. Bugun ushbu loyihalar bo‘yicha kelajak qadamlarni muvofiqlashtiruvchi shartnoma imzolandi, - deyilgan xabarda.
Ushbu loyihalar Tojkistonning tog‘li hududlari infratuzilmalarini yaxshilash, ish o‘rinlari yaratishi hamda ikki davlat orasida tovar ayriboshlash hajmini oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Undan tashqari sanoat sohasida hamkorlik masalalariga ham alohida e’tibor berildi va "Artel Avesta Elektroniks" korxonasi faoliyati yuqori baholandi.
Shuningdek, O‘zbekistonga Tojikistonning yengil, oziq-ovqat, tog‘-kon va rangli metallurgiya sohalarida ishlaydigan yirik tarmoq korxonalari bilan qo‘shma korxonalar tashkil qilish taklif etildi.
Ikki davlatning agrar sohadagi ustuvorliklarini hisobga olgan holda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.