TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Xalqaro o‘q otish sporti federatsiyasidan O‘zbekiston Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari uchun litsenziya qo‘lga kiritganini ma’lum qildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.
“Hamurtimiz Muxtasar Tohirova pnevmatik miltiqdan 10 metr masofadan va 50 metr masofadan 3 holatda o‘q otish dasturlarida kvalifikatsion davrda to‘plagan yuqori ballari uchun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining litsenziyalariga ega bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
Sportchi Muxtasar Tohirova litsenzion davrdagi 2019-yil Qatarning Doxa shahrida o‘tgan Osiyo chempionati va Germaniyaning Zul shahrida o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yuqori natijani qayd etgan edi. Bu yil ham Qozog‘istonda o‘tgan xalqaro musobaqada 10 metr masofada kechgan dasturda g‘alaba qozongan.
Shu tariqa, O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi mamlakatning Tokioga yo‘l oladigan delegatsiyasi hisobini yana 2 ta litsenziya bilan to‘ldirdi.