TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanalida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ikki fuqaroni qutqarib qoldi, ammo ulardan biri suvda cho‘kib halok bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, hodisa 8-iyun kuni soat 15:16 larda sodir bo‘lgan. Bo‘rijar kanalida taqiqlangan joyda suvga tushgan fuqaro cho‘kishni boshlagan. Bu hududda nazorat olib borayotgan poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xodimlari A.Azimxo‘jayeva va I.Murodov yordamga shoshilgan.
Ular cho‘kayotgan fuqaro S.Q.ni (ayol) qutqarib qolgan. Shundan so‘ng avval uning yonidagi fuqaro F.K. (erkak), keyin qutqarilgan ayol o‘zboshimchalik bilan takroran o‘zini suvga tashlagan.
Qutqaruvchilarning sa’y-harakati bilan ikkala fuqarolarning ham hayoti saqlab qolingan. Ammo qutqaruvchi A.Azimxo‘jayev xizmat vazifasini bajarish chog‘ida jasorat ko‘rsatib, halok bo‘lgan.
Sotrudnik stolichnogo Upravleniya po chrezvichaynim situatsiyam A. Azimxodjayev pogib pri spasenii dvux utopayushix v kanale Buridjar