TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Krasnoyarsk o‘lkasida RF Markaziy harbiy okrugi va O‘zbekiston maxsus kuchlari bo‘linmalarining qo‘shma mashqlari boshlandi, deb xabar qildi RIA Novosti Markaziy harbiy okrug matbuot xizmatiga asosan.
"Maxsus maqsadli guruhlar qo‘mondonlariga jangovar topshiriqni bajarish to‘g‘risida buyruq berildi, zobitlar jangovar tayyorgarlik vazifalarini bajarishga kirishishdi", - deyilgan xabarda.
Mashqlar afsonasiga ko‘ra, harbiylar shartli jarohatlarganlarni evakuatsiya qilish, G‘arbiy Sayan tog‘ tizmasining qiyin joyidan o‘tishlari kerak.
Mashqlar davomida ikki mamlakat razvedkachi guruhlari tog‘li o‘rmon marshrutidan o‘tadilar, qidiruv va razvedka tadbirlarini o‘tkazadilar, shartli qaroqchilar guruhining lagerini qo‘lga olish mashqlarini bajarishadi.
Keyinchalik ular jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatib, ularni evakuatsiya qiladilar. Shuningdek, harbiylar raqib joylashgan hududda oziqa izlab topish mashqlarini bajarishadi.
Texnik razvedka uskunalari va lazer qurilmalarini qo‘llashga alohida e’tibor qaratiladi.