Qatar Tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi - TIV

Tashrif davomida O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollari muhokama etiladi
Sputnik
TOShKENT, 9-iyun - Sputnik. Qatar Tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot-xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston va Qatar qator sohalarda hamkorlikni sezilarli oshirmoqchi
"2021-yilning 9-10 iyun kunlari O‘zbekistonga Qatar Davlati Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon bin Josim Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi", - deyiladi xabarda.
Bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.