O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni yetti yuzdan oshdi

O‘zbekistonda sutka davomida 199 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102 362 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 199 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102 362 nafarni tashkil qilmoqda.
Koronavirus O‘zbekistonda: yana 3 kishi vafot etdi
Yangi holatlar: Andijon viloyatida (4), Buxoro viloyatida (4), Jizzax viloyatida (7), Qashqadaryo viloyatida (14), Navoiy viloyatida (2), Namangan viloyatida (2), Samarqand viloyatida (12), Sirdaryo viloyatida (3), Surxondaryo viloyatida (5), Farg‘ona viloyatida (3), Xorazm viloyatida (1), Toshkent viloyatida (32), Toshkent shahrida (110) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 98 445 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.
Ayni paytda 3 216 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekistonda necha kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi

Vaksinatsiya

Respublikada jami 2 433 534 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 1 511 710 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 903 198 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 18 626 nafarni tashkil qildi.

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 701 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 173,9 milliondan oshdi, 3,7 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (33,4 mln), Hindistonda (28,9 mln), Braziliyada (17,0 mln).