O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risida bitim imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Qatar hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risida bitim imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risida bitim imzolandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bugun Qatar Davlati Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon bin Josim Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiya respublikaga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston va Qatar to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Bo‘lajak uchrashuvlar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>