“Turkish Airlines” Istanbuldan Farg‘onaga ilk reysni amalga oshirdi

Ilk reys orqali Istanbuldan 165 nafar yo‘lovchi olib kelingan. Ular Farg‘ona xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Bugun, 8-iyun kuni Turkiyaning “Turkish Airlines” aviakompaniyasining A321 neo havo kemasi Farg‘ona xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Aviakompaniya Turkish Airlines sovershila perviy reys iz Stambula v Ferganu.
Ilk reys orqali Istanbuldan 165 nafar yo‘lovchi olib kelingan bo‘lsa, Farg‘onadan Istanbul shahriga 137 nafar o‘zbekistonlik yo‘l olishdi.
Tuzilgan shartnomaga ko‘ra Istanbul – Farg‘ona – Istanbul aviaqatnovi haftaning har seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida “Turkish Airlines” aviakompaniyasi Istanbuldan Urganch va Farg‘onaga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olgan edi.