TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Kecha Toshkentdagi hashamatli mehmonxonalaridan birida Abdulloh va Munisa ismli kelin-kuyovning dabdabali to‘yi bo‘lib o‘tdi.
Nikoh oqshomida O‘zbekiston, Rossiya va Turkiya mashhur xonandalari ishtirok etgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Xususan, O‘zbekiston xalq artistlari Farruh Zokirov, Nasiba Abdullayeva, Turkiyaning mashhur xonandasi Serdar O‘rtach va Rossiya estradasi yulduzi Lyubov Uspenskaya qo‘shiq kuyladi.
Keyinchalik Yulduz Usmonova turkiyalik xonandani poytaxtdagi restoranlardan birida mehmon qildi.
Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirida Samarqanddagi to‘yda Tojikiston estrada yulduzi Shabnam Surayyo Yulduz Usmonova bilan birgalikda duet qo‘shiq quyladi.