Rossiya mehnat migrantlarini majburiy emlashni rejalashtirmoqda

Rossiya migrantlarni olib kelishni soddalashtirish va ularni majburiy emlashni rejalashtirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun – Sputnik. Rossiya hukumati mehnat migrantlarini majburiy emlashni rejalashtirilmoqda. Bu haqida bosh vazir o‘rinbosari Marat Husnulin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Xalqaro iqtisodiy forum doirasida ma’lum qildi.
“Biz hozir mehnat migrantlarini olib kelishning soddalashtirilgan yo‘lini hamda ularni majburiy emlash uslubini ishlab chiqmoqdamiz”, - dedi Husnulin jurnalistlarga.
Shuningdek vitse-premyer ayni damda Rossiyada qurilish sohasida ishchi kuchi yetishmasligi katta muammoga aylanganini va buning oqibatida iqtisod ulkan zarar ko‘rayotganini va qurilish sohasida maoshlar 50-100% oshganini ma’lum qildi.