TOShKENT, 8-iyun – Sputnik. Qo‘l jangi bo‘yicha VI Jahon chempionatida umumjamoa hisobida O‘zbekiston birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Qo‘l jangi federatsiyasi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchilar 8ta oltin 11ta kumush va 11ta bronza medallarni qo‘lga kiritishgan. Ikkinchi o‘rinni Rossiya terma jamoasi va uchinchi o‘rinni Qozog‘iston egallagan.
Eslatib o‘tamiz, Qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempionati 5-7 iyun kunlari ilk bor Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Unda dunyoning 30dan ortiq mamlakatlarida 200ga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.
Musobaqa sportchilar yoshi bo‘yicha ikki guruhga bo‘lingan: 18-37 yoshli va 38-49 yoshli sportchilar orasida. Birinchi guruhda erkaklar orasida 9 ta va ayollar orasida 8ta vazn toifalari belgilangan edi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 2019-yilda o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston jamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.