TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev dunyodagi eng baland Everest cho‘qqisini zabt etib, unda davlat bayrog‘ini hilpiratgan alpinist Sergey Denisenkoni “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan mukofotladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Kecha Sergey Denisenko Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Mazkur tadbirda Turizm va sport vazirligi mutasaddilari, MOQ vakillari, uning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
9 iyun kuni Turizm va sport vazirligida alpinistga faxriy unvon va prezident sovg‘asi “Trailblazer” avtomobili kaliti topshirildi.
Sergey Denisenko 1-iyun kuni Everest (Jomolungma) cho‘qqisini (8848 metr) zabt etgan edi. Bu Nepal tomonidan o‘zbekistonlik alpinistning birinchi marta ushbu cho‘qqiga chiqishidir. Sportchi buni O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligiga hadya qilgan.