TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Toshkentda o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionati bahslari o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
4-6 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan musobaqada qit’aning 16 ta mamlakatidan 350 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Chempionat yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi sambochilari deyarli barcha yo‘nalishda umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Faqatgina ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda birinchilik qozog‘istonlik sambochilarga nasib etdi.
Umumjamoa hisobida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar:
O‘smirlar o‘rtasida:
Qizlar:
1. O‘zbekiston,
2. Qozog‘iston,
3. Qirg‘iziston,
O‘g‘il bolalar:
1. O‘zbekiston,
2. Tojikiston,
3. Qozog‘iston.
Yoshlar o‘rtasida:
Qizlar:
1. O‘zbekiston,
2. Qozog‘iston,
3. Qirg‘iziston,
Yigitlar:
1. O‘zbekiston,
2. Qozog‘iston,
3. Tojikiston,
Kattalar o‘rtasida:
Ayollar:
1. Qozog‘iston,
2. O‘zbekiston,
3. Turkmaniston.
Erkaklar:
1. O‘zbekiston,
2. Qozog‘iston,
3. Tojikiston.
Jangovar sambo:
1. O‘zbekiston,
2. Qirg‘iziston,
3. Turkmaniston.
Musobaqa davomida Afg‘oniston, Iordaniya, Eron va Iroq vakillari ham medallarni qo‘lga kiritishdi.