O‘zbekiston terma jamoasi yirik hisobda Singapurni yakson qildi

Sputnik
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Jahon Chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Singapur uchrashuvi Saudiya Arabistonidagi “Qirol Fahd” stadionida bo‘lib o‘tdi.
“Oq bo‘rilar” o‘yinning ilk daqiqalaridan maydondagi ustunlikni namoyish etishdi va bu 6-daqiqada Jaloliddin Masharipovning goli bilan o‘z mevasini berdi. Birinchi bo‘lim davomida to‘pga egalik qilish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamosi ustunlikka egalik qildi.
Futbolist Jaloliddin Masharipov
35-daqiqada Jaloliddin Masharipov uchrashuvdagi o‘zining ikkinchi golini urdi. Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi. Eldor Shomurodov bunday unumli foydalanib, o‘yindagi uchinchi golga mualliflik qildi. Shu tariqa birinchi bo‘lim o‘zbekistonlik futbolchilarning yaqqol ustunligi bilan yakunlandi.
Eldor Shomurodov
Ikkinchi bo‘lim boshida "oq bo‘rilar" sardori jamoaning imkoniyatlari yana oshirdi. 50-daqiqada Odil Ahmedovning golidan so‘ng hisob 4:0 ko‘rinishiga keldi. 86-daqiqada Odil Ahmedovning jarima maydoni tomon yo‘llagan to‘pni singapurlik Hafiz Nor o‘z darvozasiga yo‘llab yubordi. Hisob 5:0 ko‘rinishda o‘zbekistonlik futbolchilar foydasiga hal bo‘ldi.
Futbolist Odil Axmedov
O‘zbekiston terma jamoasi endilikda Yaman (11 iyun) va Saudiya Arabistoniga (15 iyun) qarshi maydonga tushadi. Bu g‘alaba ularga bu bahslarda katta ishonch bag‘ishlashi shubhasiz.
O‘zbekiston - Singapur uchrashuvini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi